
Valyuta |
Bo'lim |
Sotib olish |
Sotish |
RUB |
Mobil ilova |
143 |
153 |
Valyuta |
Bo'lim |
Sotib olish |
Sotish |
USD |
Mobil ilova |
12300 |
12430 |
Valyuta |
Bo'lim |
Sotib olish |
Sotish |
EUR |
Mobil ilova |
14340 |
14680 |
Valyuta |
Bo'lim |
Sotib olish |
Sotish |
BYR |
Mobil ilova |
||
Valyuta |
Bo'lim |
Sotib olish |
Sotish |
CHF |
Mobil ilova |
||
Valyuta |
Bo'lim |
Sotib olish |
Sotish |
QAR |
Mobil ilova |
||
Valyuta |
Bo'lim |
Sotib olish |
Sotish |
JPY |
Mobil ilova |
||
Valyuta |
Bo'lim |
Sotib olish |
Sotish |
KZT |
Mobil ilova |
||
Valyuta |
Bo'lim |
Sotib olish |
Sotish |
GBP |
Mobil ilova |
Kapitalbank – “Kapitalbank” ATB tomonidan bank mijozlari – jismoniy shaxslar uchun ishlab chiqilgan yangi mobil ilova. Ushbu ilova yordamida bank xizmatlarini maksimal qulay, tez va xavfsiz usulda qabul qilish va o’z pul mablag’laringizni nazorat qilishingiz mumkin.
KAPITALBANK.Online mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tish: bosqichma-bosqich yo‘riqnoma
Bu KAPITALBANK.Online mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha oddiy bosqichma-bosqich yo‘riqnomadir. Ilovada muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tish uchun Sizga barqaror internetga ega mobil qurilma, o‘zbek operatorining faol telefon raqami, SMS kirishi imkoniyati, shuningdek, Kapitalbank bank kartasi kerak bo‘ladi.
- 1-qadam App Store / Google Play mobil ilovalar do‘konini oching va KAPITALBANK.Online ilovasini toping.
- 2-qadam O‘rnatgandan so‘ng, ilovani oching va o‘zingizga qulay tilni tanlang.
- 3-qadam Ilovaga kirish uchun +998 dan boshlanuvchi telefon raqamingizni kiriting.
- 4-qadam Endi siz ishonchli parol o‘ylab topishingiz va o‘rnatishingiz kerak. Ilova parol xavfsizlik talablariga javob berishi yoki bermasligini o‘zi aytib beradi.
- 5-qadam Parolni takrorlashingiz va ilovadan foydalanish shartlariga roziligingizni tasdiqlashingiz kerak bo‘ladi.
- 6-qadam Shundan so‘ng, ilova 6 xonali tasdiqlash kodi bilan SMS yuboradi. E’tibor bering, kod faqat bir daqiqa davomida amal qiladi.
- 7-qadam Sizning keyingi harakatingiz - ilovaga kirish uchun 4 xonali PIN-kodni o'ylab topishdir. Oddiy yoki boshqalarga ma’lum bo‘lgan raqamlar kombinatsiyalaridan foydalanmang.
- 8-qadam Yangi PIN-kodingizni takrorlang.
- 9-qadam Ilovaga tez va oson kirish uchun Siz Face-ID funksiyasini o'rnatishingiz mumkin.
- 10-qadam Ilovangiz to'laqonli ishlashi uchun endi MyID tizimi orqali identifikatsiyadan o'tishingiz kerak.
- 11-qadam JShShIR yordamida identifikatsiya jarayonini yakunlang.
- 12-qadam Identifikatsiyadan muvaffaqiyatli o'tganingizdan so'ng, bir nechtagina qadam qoldi.
- 13-qadam Ilovaga Kapitalbank kartangizni qo'shamiz.
- 14-qadam Ilovaga kartani qo'shish uchun uning ma'lumotlarini kiriting. Siz o'zingizning kartangiz nomini o'zingiz o'ylab topishingiz va uni asosiy karta qilishingiz mumkin.
- 15-qadam Ilova kartani qo'shish jarayonini yakunlash uchun tasdiqlash kodi bilan SMS yuboradi.
- 16-qadam Agar hammasi muvaffaqiyatli bo‘lsa, ilova Sizga bu haqda xabar beradi va karta ilovaga qo‘shilganidan so'ng bir soat o'tib undan foydalana olishingiz haqida ogohlantiradi. Bu O'zR MBning talablari shunday.
- 17-qadam Tabriklaymiz! Endilikda siz KAPITALBANK.Online ilovasining barcha qulay va xilma-xil funksiyalaridan foydalanish imkoniyatiga egasiz, biz mijozlarimizning qulayligi va xavfsizligi uchun uni takomillashtirishda davom etamiz.
Kapitalbankning eng ommabop xizmatlari qatoriga quyidagilar kiradi::
- Valyuta ayirboshlash
- Dunyo bo’ylab o’tkazmalar
- Mening uyim
"Valyuta ayirboshlash" bo‘limida "Kapitalbank"ning operatsiya amalga oshirilayotgan paytdagi valyuta kursi bo‘yicha o‘z hisobvaraqlaringiz va kartalaringiz o‘rtasida valyuta ayirboshlashni amalga oshirishingiz mumkin.
"O‘tkazmalar" bo‘limida so‘mda, chet el valyutasida, shuningdek, Visa Direct va Mastercard Money Send orqali dunyo bo‘ylab pul o‘tkazmalari mavjud. Bundan tashqari, Kapitalbank kartalari orqali boshqa mamlakatlardagi kartalarga xalqaro pul o‘tkazmalari ham amalga oshirish mumkin.
"Mening uyim" bo'limida eng ko‘p qo‘llaniladigan to'lov turlari to’plangan: kredit to'lovlari, kommunal va davlat xizmatlari, Internet-provayderlar, uyali aloqa operatorlari uchun to‘lovlar va boshqalar. Muntazam to’lanadigan to'lovlarni sozlang va ular sizning kartangizdan avtomatlashgan tarzda yechib olinadi.
Bankning barcha mahsulotlari - "Kartalar", "Hisobvaraqlar", "Оmonatlar" va "Kreditlar" asosiy ekranning yuqori qismiga o'rnatilgan. Ilova bo’yicha harakatlanish uchun to'rtta tugmacha ko’zda tutilgan: asosiy sahifadan "O'tkazmalar", "To'lovlar" yoki "Tarix" bo'limiga o'tish mumkin.
Kapitalbank ilovasida naqd pulsiz pul o'tkazishning bir necha usullari mavjud:
VISA Direct – VISA kartalari o'rtasidagi xalqaro pul o'tkazmalari. Bir lahzalik o‘tkazma xizmatidan foydalanish uchun oluvchining karta raqami va summani kiriting.
SWIFT oʻtkazmalari “Xizmatlar” boʻlimidagi “Bir martalik operatsiyalar borasidagi topshiriqlar” xizmati yordamida amalga oshirilishi mumkin.
Kartadan-kartaga pul o‘tkazish uchun "O‘tkazmalar" ilovasiga o‘ting, so‘ng kerakli kartani tanlang, summani belgilang va qabul qiluvchining karta raqamini kiriting, uni skanerlang yoki NFC texnologiyasidan foydalaning.
Bundan tashqari, Kapitalbank mobil ilovasida siz quyidagi xizmat turlarini topishingiz mumkin:
- kartani o’qish uchun tezda skanerlash
- bankning eng yaqin filialini topish
- so’m va valyutadagi omonatlar (ochish, to‘ldirish, qisman yechib olish, yopish)
- omonatni onlayn-to’ldirish va qisman yechib olish
- kross-konversiya
- barcha karta va hisobvaraqlar bo‘yicha to‘lovlar monitoringi
- plastik kartalarni mustaqil ravishda bloklash
- MyID orqali mobil ilovada mijozni ro'yxatdan o'tkazish
- Mobil ilova orqali uchinchi shaxslar uchun “Kapitalbank”ATB da olingan kreditlarini to‘lash
Va yana...
Kapitalbank ishlab chiquvchilar jamoasi mobil ilovani doimiy ravishda takomillashtirib, yangilab bormoqda. Rejada mijozlarga bankka imkon qadar yaqinroq bo‘lish imkonini beruvchi yangi mahsulot va xizmatlarni joriy etish ko‘zda tutilgan.
Hozircha esa, bizga sizning yordamingiz kerak: Kapitalbank mobil ilovasiga yana nimalar kiritish mumkinligini ayting va o'z fikr-mulohazalaringizni [email protected] elektron manziliga yuboring. Siz uchun ilovani yanada yaxshiroq va qulayroq qilish uchun fikr-mulohazalaringizni kutamiz.
Ilovani PlayMarket va Appstore’dan yuklab olish mumkin. O‘sha yerda izohlar qoldirish ham mumkin. Android uchun 6.0 versiyasidan past bo'lmagan, iOS uchun - 13.0 dan past bo'lmagan versiya talab etiladi. Ilova o‘zbek, rus va ingliz tillarida mavjud.
Tariflar bilan tanishish uchun ushbu havolaga o'ting: Jismoniy shaxslar uchun tariflar
Kapitalbank ilovasini havola orqali yuklab oling yoki QR-koddan foydalaning.
Qo‘llab-quvvatlash xizmati: 1340
qo‘shimcha savollar tug‘ilganda, @sup_kb masofaviy yordam xizmatidan foydalanishingiz mumkin