KAPITALBANK.Online mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tish: bosqichma-bosqich yo‘riqnoma
Bu KAPITALBANK.Online mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha oddiy bosqichma-bosqich yo‘riqnomadir. Ilovada muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tish uchun Sizga barqaror internetga ega mobil qurilma, o‘zbek operatorining faol telefon raqami, SMS kirishi imkoniyati, shuningdek, Kapitalbank bank kartasi kerak bo‘ladi.
- 1-qadam App Store / Google Play mobil ilovalar do‘konini oching va KAPITALBANK.Online ilovasini toping.
- 2-qadam O‘rnatgandan so‘ng, ilovani oching va o‘zingizga qulay tilni tanlang.
- 3-qadam Ilovaga kirish uchun +998 dan boshlanuvchi telefon raqamingizni kiriting.
- 4-qadam Endi siz ishonchli parol o‘ylab topishingiz va o‘rnatishingiz kerak. Ilova parol xavfsizlik talablariga javob berishi yoki bermasligini o‘zi aytib beradi.
- 5-qadam Parolni takrorlashingiz va ilovadan foydalanish shartlariga roziligingizni tasdiqlashingiz kerak bo‘ladi.
- 6-qadam Shundan so‘ng, ilova 6 xonali tasdiqlash kodi bilan SMS yuboradi. E’tibor bering, kod faqat bir daqiqa davomida amal qiladi.
- 7-qadam Sizning keyingi harakatingiz - ilovaga kirish uchun 4 xonali PIN-kodni o'ylab topishdir. Oddiy yoki boshqalarga ma’lum bo‘lgan raqamlar kombinatsiyalaridan foydalanmang.
- 8-qadam Yangi PIN-kodingizni takrorlang.
- 9-qadam Ilovaga tez va oson kirish uchun Siz Face-ID funksiyasini o'rnatishingiz mumkin.
- 10-qadam Ilovangiz to'laqonli ishlashi uchun endi MyID tizimi orqali identifikatsiyadan o'tishingiz kerak.
- 11-qadam JShShIR yordamida identifikatsiya jarayonini yakunlang.
- 12-qadam Identifikatsiyadan muvaffaqiyatli o'tganingizdan so'ng, bir nechtagina qadam qoldi.
- 13-qadam Ilovaga Kapitalbank kartangizni qo'shamiz.
- 14-qadam Ilovaga kartani qo'shish uchun uning ma'lumotlarini kiriting. Siz o'zingizning kartangiz nomini o'zingiz o'ylab topishingiz va uni asosiy karta qilishingiz mumkin.
- 15-qadam Ilova kartani qo'shish jarayonini yakunlash uchun tasdiqlash kodi bilan SMS yuboradi.
- 16-qadam Agar hammasi muvaffaqiyatli bo‘lsa, ilova Sizga bu haqda xabar beradi va karta ilovaga qo‘shilganidan so'ng bir soat o'tib undan foydalana olishingiz haqida ogohlantiradi. Bu O'zR MBning talablari shunday.
- 17-qadam Tabriklaymiz! Endilikda siz KAPITALBANK.Online ilovasining barcha qulay va xilma-xil funksiyalaridan foydalanish imkoniyatiga egasiz, biz mijozlarimizning qulayligi va xavfsizligi uchun uni takomillashtirishda davom etamiz.
