Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Axborot texnologiyalarining rivojlanishi tufayli bugungi kunda mijozlar ko‘plab bank xizmatlaridan foydalanish, hamda o‘z vaqtlari va mablag‘larini tejash imkoniyatiga ega bo’lmoqdalar. "Kapitalbank" ATB mijozlari mobil ilova yordamida o‘z qarindoshlari va yaqinlariga tezda mablag‘larni o‘tkazishlari, telefon, internet, kredit va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.

Bugunda "Kapitalbank" ATB mijozlari quyidagi xizmatlardan foydalanishlari mumkin:
  • Bank kreditlarini so‘ndirish;
  • Xizmatlar - telefon, internet, uy-joy kommunal xizmatlari, kuryerlik orqali yetkazib berish, davlat xizmatlari va boshqalar uchun haq to‘lash;
  • Temir yo‘l va aviachiptalar, mehmonxonalarni bron qilish uchun to‘lovni amalga oshirish;
  • Pul mablag’larini xayriya ishlariga yo‘naltirish.
Va boshqa ko‘plab imkoniyatlar.

Kapitalbank.Online afzalliklari qatorida valyutalarning joriy kursini bilish va valyuta ayirboshlash shoxobchasidan ko‘ra qulayroq kurs bo‘yicha konvertatsiyani amalga oshirish imkoniyatini ham ta’kidlab o’tish mumkin.

Ilovani PlayMarket va Appstore’dan yuklab olish mumkin. O‘sha yerda izohlar qoldirish ham mumkin. Android uchun 6.0 versiyasidan past bo'lmagan, iOS uchun - 13.0 dan past bo'lmagan versiya talab etiladi. Ilova o‘zbek, rus va ingliz tillarida mavjud.

Tariflar bilan tanishish uchun ushbu havolaga o'ting: Jismoniy shaxslar uchun tariflar

Kapitalbank ilovasini havola orqali yuklab oling yoki QR-koddan foydalaning.

Kapitalbank-uz.png

Qo‘llab-quvvatlash xizmati: 1340

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech