Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Chiqarish: Bepul
“Kapitalbank” ATB bankomatlarida naqd pul yechib olish: 0%
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida naqd pul yechib olish: 2% + ekvair bank tarifi
Tovarlar va xizmatlar to'lovi: 0%
Kartaga xizmat ko’rsatish: 0%
Oxirgi tahrirlangan sana: 02.12.2025
“Kapital Premium” XP xizmat ko‘rsatish shartlari
  • Bepul, agar mijozning barcha hisoblaridagi o‘rtacha oylik qoldiq – kamida 200 000 AQSh dollariga teng bo‘lsa (oyning oxirgi ish kunida milliy valyutadagi ekvivalenti bo‘yicha hisoblanadi);
  • Oyiga 2 500 000 so‘m, agar mijozning barcha hisoblaridagi o‘rtacha oylik qoldiq – 200 000 AQSh dollaridan kam bo‘lsa (oyning oxirgi ish kunida milliy valyutadagi ekvivalenti bo‘yicha hisoblanadi)

Agar filialda kartalarni ochish bo'yicha savollaringiz bo'lsa, iltimos, qayta aloqa shaklida so'rov qoldiring

Visa Infinite Veneer — «Premium» xizmat paketiga ega mijozlar uchun mo‘ljallangan premium multivalyutali karta bo‘lib, kundalik foydalanish va sayohatlar uchun kengaytirilgan imkoniyatlarni taqdim etadi. Karta qulaylik, yuqori darajadagi servis va qo‘shimcha imtiyozlar majmuasini o‘zida jamlaydi.

Karta egalariga uchun shaxsiy xizmat ko‘rsatish, safarlar vaqtida maxsus takliflar, sodiqlik dasturlari hamda Kapitalbank va Visa tomonidan imtiyozlar taqdim etiladi.


Hozircha ma’lumot yo’q
Hozircha ma’lumot yo’q

Visa Infinite Veneer kartasini rasmiylashtirish mijozga «Premium» xizmat paketi imtiyozlaridan foydalanish imkoniyatini beradi.

Quyidagi uslublar yordamida rasmiylashtirish mumkin:
  • Kapital Premium bank xizmatlari ofisiga murojaat qilish
  • Shaxsiy menejer Kapital Premium bilan bog‘lanish

«Premium» xizmat paketi imtiyozlari
  • shaxsiy moliyaviy menejer;
  • alohida xizmat ko‘rsatish ofisi;
  • onbording jarayonida Fast Track xizmati;
  • omonatlar va valyuta almashuv operatsiyalari bo‘yicha maxsus shartlar;
  • premium kartalarni bepul chiqarish va xizmat ko‘rsatish;
  • depozitar yacheykalar ijarasi uchun maxsus tariflar;
  • bankning premium mijozlari uchun yopiq tadbirlarda ishtirok etish;
  • Yandex Go orqali transferlar;
  • mijozlar uchun loyallik dasturi;
  • biznes-zallarga mehmon sifatida kirish huquqi.
Kapital Privelege xizmati imkoniyatlari haqida

Visadan imtiyozlar
  • DragonPass biznes-zallariga bepul kirish (cheklovsiz + yiliga 8 ta mehmon tashrifi);
  • CIP-zalga bepul kirish (yiliga 10 ta tashrif + 8 ta mehmon tashrifi);
  • hamkorlardan sodiqlik dasturi va maxsus takliflar;
  • Toshkent xalqaro aeroportidagi «Anjir» biznes-zaliga kirish;
  • sayohat vaqtida tibbiy sug‘urta — 2 500 000 AQSH dollarigacha;
  • 127 ta mamlakatda 3 ta paketdan iborat 1 GB internet-rouming;
  • xalqaro aeroportlarda pasport nazoratidan navbatsiz o‘tish uchun Fast Track xizmati (cheklovsiz);
  • dunyoning istalgan nuqtasida 24/7 konserj xizmati;
  • BAA va Turkiyada aeroport transferi — yiliga 4 marta;
  • Sun Group restoranlarida imtiyozlar: restoranlarda 20% chegirma, tanlovga ko‘ra bepul desert. Qatnashuvchi restoranlar: NIKA, Cuccina, Manana, Salama, TKX.
(ushbu takliflarni faollashtirish uchun mahsulot va xizmatlarga 10 000 000 UZS oxirgi 35 kun ichida sarf qilingan bo’lishi kerak)

Visa imtiyozlari haqida batafsil ma’lumot: https://cis.visa.com/visa-in-uzbekistan.html
“Premium” paketining xizmatlari shartlari va qoidalari
  • Bepul - mijoz hisob qoldig'i o'rtacha oylik 200 000 AQSh dollari yoki undan ko'p bo'lsa;
  • Oyiga 2 500 000 so'm - mijoz hisob qoldig'i o'rtacha oylik 200 000 AQSh dollaridan kam bo'lsa.

Batafsil: Bank tariflari

Savol-javoblar

1.
Kartani qanday rasmiylashtirish mumkin?
Yangilandi 16 July 2025 г. 18:59
Kartani mobil ilovaning bir martalik topshirig‘i orqali, shuningdek, Bank bo‘limlarida rasmiylashtirish mumkin.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?
2.
Kartani rasmiylashtirish uchun qanday hujjatlar kerak?
Yangilandi 27 June 2025 г. 16:51
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga karta ochish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
  1. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (biometrik pasport, ID-karta yoki yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi)
  2. Mahalliy aloqa operatorining telefon raqami
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlariga karta ochish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
  • Xorijiy pasport
  • O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tganlik (agar QR-kod bo‘lmasa, O‘zbekistonga kirish muhri)
  • JSHSHIR 
  • O‘zbekiston milliy aloqa operatorining mobil raqami (+998)
  • Norezident mijoz tomonidan qo‘lda to‘ldirilgan anketa
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?
3.
Kartaning amal qilish muddati qancha?
Yangilandi 27 June 2025 г. 16:54
Kartaning amal qilish muddati 5 yil. Kartalarning amal qilish muddati kartaning o‘zida ko‘rsatilgan.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?
4.
Xalqaro sayohatlar yoki xaridlar uchun qanday kartani tanlash maqsadga muvofiq?
Yangilandi 27 June 2025 г. 16:52
Xalqaro sayohatlar yoki xaridlar uchun Visa yoki MasterCard kartalari eng maqbul tanlov hisoblanadi, chunki ular deyarli hamma joyda qabul qilinadi. Bu kartalar xorijiy valyutadagi mablag‘lardan foydalanish imkonini beradi va chet eldagi bankomatlarda naqd pul yechib olishga imkon yaratadi.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?
5.
Bola uchun karta ochsa bo‘ladimi?
Yangilandi 27 June 2025 г. 16:53
Ha, 14 yoshdan boshlab bolalar uchun karta rasmiylashtirish mumkin, 14 yoshdan kichik bolalar uchun esa ota-onalar yoki vasiylarning roziligi talab qilinadi.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?
6.
Amal qilish muddati tugamasdan oldin kartani qayta chiqarish mumkinmi?
Yangilandi 27 June 2025 г. 16:54
Ha, kartani amal qilish muddati tugashidan bir oy oldin, shu oyning o‘zida va bir oydan keyin bepul ravishda qayta chiqarish mumkin.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?
7.
Karta o‘g‘irlangan yoki yo‘qolgan taqdirda nima qilish kerak?
Yangilandi 27 June 2025 г. 16:53
Karta yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan holatda, iloji boricha tezroq 1340 raqamli ishonch telefoni orqali bank bilan bog‘lanish, kartadan ruxsatsiz foydalanishning oldini olish uchun uni «Kapitalbank» ATB mobil ilovasi yordamida yoki eng yaqin filialga tashrif buyurish orqali bloklash zarur.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?
8.
Kartani qanday himoya qilish mumkin?
Yangilandi 27 June 2025 г. 16:55
Kartani begonalarga bermang, PIN-kodni ma`lum qilmang va uni karta bilan birga saqlamang. Kartani qarovsiz qoldirmang va karta ma’lumotlarini telefon orqali hech kimga aytmang.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech