Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Bank o‘tkazmalari – bu pul o‘tkazmalarini jo‘natish va olishning oddiy, qulay, tez, ishonchli, eng asosiysi, arzon usulidir.

Jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lmagan maqsadlarda erkin konvertatsiyalanadigan valyutada bank o‘tkazmalari jo‘natishlari va olishlari mumkin.

Keng tarmoqli va doimiy rivojlanib boradigan korrespondent banklar tizimiga ega bo‘lgan va SWIFT Moliya telekommunikatsiyalari sohasidagi yetakchi xalqaro tashkilot foydalanuvchisi bo‘lgan holda, “Kapitalbank” ATB yuridik va jismoniy shaxslarga dunyoning istalgan burchagiga qisqa muddatda bank o‘tkazmalarini amalga oshirish imkonini beradi.


Xorijiy valyutadagi bank o'tkazmalari

 

Bank xizmati / xizmat ko’rsatish shartlari

Bank operatsiyalarini amalga oshirganlik uchun mijozdan undiriladigan Bank komission to’lovlari stavkasi

Izoh

1

"Kapitalbank" ATB va boshqa banklarda ochilgan hisobraqamlarga

operatsiya summasidan 0,5% (1000 so’mdan kam emas)

USD, EUR, GBP, RUB, JPY valyutalari uchun
Komissiya O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining operatsiya amalga oshirilgan sanadagi kursi bo'yicha to'lanadi.
Mustasno tarzida:
- "Kapitalbank" ATBda ochilgan yuridik shaxslarning ustav kapitalini to'ldirish;
- "Kapitalbank" ATBdan olingan xorijiy valyutadagi XK / XK / yuridik shaxslarga berilgan kreditlarni to'lash uchun o'tkazmalar

2

USD, EUR, GBP, JPY valyutalari uchun O'zR tashqarisida ochilgan hisobraqamlarga

Pulni naqdlashtirish umumiy summadan 0,5 foiz (kamida 500 000 so‘m, lekin ko‘pi bilan 1 000 000 so‘m)

Komissiya amaliyot bajarilgan sanadagi O‘zR MB kursi bo‘yicha to‘lanadi

Pul o’tkazmasi qabul qiluvchi-Bank/Korrespondent Bank tomonidan qaytarilganda Mijozga "Kapitalbank" ATB komissiyasi qaytariladi, quyidagi holatlar bundan mustasno:
- Bankning korrespondent-banklar va/yoki qabul qiluvchi-bank komissiyalariga qilingan haqiqiy xarajatlari;
- eslatmada ko’rsatilgan holatlar.

Eslatma:
Quyidagi holatlarda Bank komissiyasi qaytarilmaydi:
1) mijoz tomonidan noto’g’ri, to’liq bo’lmagan yoki ishonarsiz ma’lumotlarni taqdim etish; qabul qiluvchining ma’lumotlari qabul qiluvchi-bank va/yoki Korrespondent bank yoki qabul qiluvchi mamlakat regulyatorining talablariga mos kelmasligi; Bank, qabul qiluvchi-bank va/yoki Korrespondent bankning iltimosiga binoan qo’shimcha hujjatlar yoki ma’lumotlarni o’z vaqtida taqdim etmaslik;
2) qabul qiluvchi-bank va/yoki Korrespondent-bankning tashabbusi bilan, shu jumladan (lekin cheklanmagan holda): ichki siyosat va protseduralar; komplaens-talablar (AML/CFT) va/yoki sanksiya siyosati bilan bog’liq cheklovlar; tartibga solish talablari sababli;
3) Bankka bog’liq bo’lmagan har qanday vaziyatda.

3

RUB valyutalari uchun O'zR tashqarisida ochilgan hisobraqamlarga

Pulni naqdlashtirish umumiy summadan 0,5 foiz (kamida 500 000 so‘m, lekin ko‘pi bilan 1 000 000 so‘m)

Komissiya amaliyot bajarilgan sanadagi O‘zR MB kursi bo‘yicha to‘lanadi

4

Kafolatlangan to’lov (o’tkazmaning butun summasi qabul qiluvchining hisob raqamiga tushadi)

Operatsiya summasining 0,5% (kamida 500 000 so’m, lekin 1 000 000 so’mdan ko’p bo’lmagan miqdorda) + xorijiy bank komissiyasi (OUR / OUR)

USD valyutasi uchun Komissiya operatsiya amalga oshirilgan sanada O’zR MB kursi bo’yicha milliy valyutada to’lanadi


5

banklararo to'lovlarni amalga oshirish (mijozning tashabbusi bilan uni ijro etish uchun qabul qilinganidan keyin o'tkazmani o'zgartirish, qaytarish, bekor qilish) bo'yicha boshqa xizmatlar

Bank komissiyasi undirilmaydi



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech