Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Moneygram bu tezkor xalqaro pul jo‘natmalari tizimi bo‘lib, o‘z ichiga dunyo bo‘ylab 200 dan ortiq mamlakatlarda joylashgan 440 000 dan ortiq pul jo‘natish va olish punktlarini qamrab oladi. Har yili mazkur servisning 50 milliondan ortiq mijozlari 40 milliard AQSh dollardan ortiq pul jo‘natadi.

Asosiy xususiyatlar:

  • Tezlik: o‘tkazma jo‘natilgandan keyin bir necha daqiqa ichida uni yechib olish imkoni mavjud.
  • Qulaylik: yuborish va qabul qilish uchun faqat shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) talab qilinadi.
  • Moslashuvchanlik: pul o‘tkazmani AQSH dollarida yoki milliy valyutada qabul qilish mumkin (avtomatik konvertatsiya bilan).
  • Ishonchlilik: har bir tranzaksiya yagona nazorat raqami (MTCN) bilan himoyalangan.

“Kapitalbank” ATB’da Moneygram

ATB “Kapitalbank” o‘z mijozlariga ham Moneygram orqali Bankning barcha bo‘linmalari – filiallari, minibanklari, bank xizmat ko‘rsatish markazlari va bank xizmat ko‘rsatish ofislari orqali pul mablag‘larini jo‘natish imkoniyatini taqdim etadi.

Bugungi kunga qadar “Kapitalbank” ATB tizimi orqali 67,3 milliard so‘mga teng 4,3 mingdan ortiq o‘tkazma hamda 790 milliard so‘mdan oshiq 67 mingta to‘lov amalga oshirildi.

“Kapitalbank” ATB’da Moneygram orqali pul jo‘natishning qanday afzalliklar mavjud?

  • Respublika bo‘ylab keng filiallar tarmog‘i.
  • Keraksiz hujjatlarsiz tezkor xizmat ko‘rsatish.
  • AQSH dollarida yoki milliy valyutada pul oʻtkazmani olish imkoniyati.
  • Malakali xodimlar tomonidan professional yordam.
  • Pul o‘tkazmasini darhol bank kartasiga o‘tkazish imkoniyati (mijozning iltimosiga binoan).

“Kapitalbank” ATB orqali Moneygram o‘tkazma xizmatlaridan kimlar foydalanishi mumkin?

  • Chet elda ishlab, qarindoshlariga pul jo‘natganlar.
  • Boshqa mamlakatlardan yordam olayotgan oilalar.
  • Naqd pulni tezda olish muhim bo‘lgan talabalar va sayohatchilar.

"Kapitalbank" ATB orqali Moneygram o'tkazmasini qanday jo'natish mumkin?

  1. Eng yaqin Bank filialiga murojaat qiling.
  2. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim eting (pasport yoki ID karta).
  3. Pul oluvchining istiqomat qilayotgan mamlakat va ma’lumotlarini ko‘rsating.
  4. O‘tkazma miqdorini kiriting va komissiyani to‘lang.
  5. O‘tkazmaning nazorat raqamini (MTCN) oling va uni pul oluvchiga taqdim eting.

“Kapitalbank” ATB orqali MoneyGram o‘tkazmasini qanday olish mumkin?

  1. Bank filialiga tashrif buyuring.
  2. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatingizni taqdim eting (pasport yoki ID karta).
  3. O‘tkazmaning nazorat raqamini (MTCN) va jo‘natuvchining ismi va familiyasini ko‘rsating.
  4. AQSh dollari yoki milliy valyutada pul oling.
MONEYGRAM pul o’tkazmalari (AQSH dollarida)

 

Bank xizmati / xizmat ko’rsatish shartlari

Bank operatsiyalarini amalga oshirganlik
uchun mijozdan undiriladigan
Bank komission to’lovlari stavkasi

Izoh

a)

“MoneyGram” tizimi orqali Uzoq Xorij davlatlariga pul mablag’larini yuborish

O’tkazma summasi
0,00 – 50,00
50,00 – 100,00
100,00 – 200,00
200,00 – 300,00
300,00 – 400,00
400,00 – 1 000,00
1 000,00 – 1 200,00
1 200,00 – 1 500,00
1 500,00 – 1 750,00
1 750,00 – 2 000,00
2 000,00 – 10 000,00


Tarif
11,00$
15,00$
21,00$
28,00$
33,00$
41,00$
51,00$
76,00$
81,00$
91,00$
101,00$

b)

"MoneyGram" tizimi orqali Armaniston, Moldova, Ukraina pul jo'natish

O’tkazma summasi
0,00 – 200,00
200,00 – 400,00
400,00 – 600,00
600,00– 800,00
800,00 – 1 000,00
1 000,00 – 2 000,00
2 000,00 – 4 000,00
4 000,00 – 5 000,00
5 000,00 – 10 000,00

Tarif
4,00$
6,00$
9,00$
10,00$
15,00$
25,00$
36,00$
51,00$
61,00$

c)

"MoneyGram" tizimi orqali Xitoy, Hindiston, Birlashgan Arab Amirliklari pul jo‘natish

O’tkazma summasi
0,00 – 100,00
100,00 – 300,00
300,00 – 600,00
600,00 – 1 000,00
1 000,00 – 1 500,00
1 500,00 – 2 000,00
2 000,00 – 3 000,00
3 000,00 – 10 000,00

Tarif
6,00$
10,00$
19,00$
30,00$
35,00$
40,00$
50,00$
60,00$

d)

"MoneyGram" tizimi orqali Janubiy Koreya, Turkiyaga pul jo'natish

O’tkazma summasi
0,00 – 600,00
600,00 – 1 500,00
1 500,00 – 3 000,00
3 000,00 – 10 000,00

Tarif
4,00$
6,00$
11,00$
16,00$

e)

"MoneyGram" tizimi orqali USA, Kanada pul jo'natish

O’tkazma summasi
0,00 – 150,00
150,00 – 10 000,00

Tarif
2,00 $
1,5%

f)

"MoneyGram" tizimi orqali Belarusga pul jo'natish

O’tkazma summasi
0,00 – 200,00
200,00 – 400,00
400,00 – 600,00
600,00 – 800,00
800,00 – 1 000,00
1 000,00 – 2 000,00
2 000,00 – 3 000,00
3 000,00 – 4 000,00
4 000,00 – 5 000,00
5 000,00 – 10 000,00

Tarif
4,00$
7,00$
10,00$
13,00$
16,00$
31,00$
37,00$
41,00$
51,00$
76,00$

g)

"MoneyGram" tizimi orqali Gruziya, Qozog'iston, Qirg'iziston, pul jo'natish

O’tkazma summasi
0,00 – 300,00
300,00 – 10 000,00

Tarif
3,00$
1,2%

h)

1"MoneyGram" tizimi orqali Evropa pul jo'natish

O’tkazma summasi
0,00 – 150,00
150,00 – 10 000,00

Tarif
2,00 $
1,3%


1Yevropa mamlakatlariga quyidagi mamlakatlar kiradi:
Albaniya, Avstriya, Belgiya, Bosniya va Gersegovina, Bolgariya, Xorvatiya, Kipr, Chexiya, Daniya, Finlyandiya, Fransiya, Germaniya, Gibraltar, Gretsiya, Vengriya, Islandiya, Irlandiya, Italiya, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Makedoniya (sobiq Yugoslaviya Respublikasi), Malta, Monako, Chernogoriya, Niderlandiya, Norvegiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Serbiya, Slovakiya, Sloveniya, Ispaniya, Shvetsiya, Shveysariya, Buyuk Britaniya, Latviya, Litva, Estoniya.
Hozircha ma’lumot yo’q
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech