Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
AziyaEkspress pul o'tkazmalari tizimi sizga "Kapitalbank"ning istalgan ofisida bir zumda Rossiyadan pul o'tkazmalarini qabul qilish va yuborish imkoniyatini beradi.

 AziyaEkspress. Rossiyadan 8 xonali pul o'tkazmalari.

 AziyaEkspress - Rossiyadan O'zbekistonga va O'zbekistondan Rossiyaga tezkor pul o'tkazmalari.  Rossiyada (1400 dan ortiq punkt) va O'zbekistonda (1000 dan ortiq punkt) xizmat ko'rsatish punktlarining keng tarmog'i.

 Hamkorlar tizimlari bilan birgalikda jismoniy shaxslarning mablag'larini hisob ochmasdan o'tkazishni nazarda tutadi. AziyaEkspress pul o'tkazmalari tizimi Aziya-Invest Bank (AJ) tomonidan 2006-yilda ishlab chiqilgan.

O`tkazmani konvertatsiya qilish

Pul o‘tkazmalarini amalga oshirilganida belgilangan valyutada to‘lov qilinayotgan konvertatsiya kursi hamda pul o‘tkazmasining miqdori ko‘rsatiladi. Jo‘natuvchi tomonidan Rossiya Federatsiyasi valyutasida jo‘natilayotgan va hamkor bo‘lgan Bank va/yoki Operator tomonidan boshqa valyutaga konvertatsiya qilingan pul o‘tkazmasi qaytarilsa, unda Jo‘natuvchi tomonidan yuborilgan valyutasida qaytariladi.

Pul o‘tkazmani qanday amalga oshirish mumkin

O‘tkazmani amalga oshirish uchun qanday hujjatlarni taqdim qilish kerak

Xorijiy fuqarolar uchun:
  • Xorijiy fuqaroning pasporti;
  • O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tganligi haqida hujjat (QR mavjud bo‘lmasa, respublikaga kirganligini tasdiqlovchi muhr);
  • JSHSHIR;
  • Milliy operator tomonidan berilgan mobil raqami (+998 prefiks bilan).
O'zbekiston Respublikasi fuqarosiga "Aziya Ekspress" orqali pul o'tkazmasini yuborish uchun quyidagilarni bajarish zarur:
  • operatorga shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish (pasport, yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi);
  • operatorga transfer yo'nalishi mamlakatini aytish. Pul o‘tkazmasini "Asia Express" tizimining istalgan punktida olish mumkin;
  • pul o'tkazma oluvchining familiyasi, ismi va otasining ismini aytib o‘tish;
  • operatordan pul o'tkazmasini yuborish uchun ariza va kiruvchi kassa orderlarini oling;
  • “Asia Express” tizimi operatori tomonidan rasmiylashtirilgan pul o'tkazmasini yuborish uchun arizani imzolash;
  • pul o'tkazmasi va pul o'tkazmasi valyutasidagi komissiya miqdorlari uchun kiruvchi kassa orderlarini imzolash;
  • kassirga shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish;
  • pul o'tkazmasi va pul o'tkazmasi valyutasidagi komissiyalarning miqdorlari uchun imzolangan kiruvchi kassa orderlarini taqdim etish;
  • “Asia Express” tizimi tariflariga muvofiq kassaga o'tkazma miqdori va komissiya miqdorini to‘lash;
  • operatordan o'tkazmaning nazorat raqamiga ega (KNP) ariza namunasini olish;
  • pul o'tkazmani oluvchiga o‘tkazmaning nazorat raqami (KNP), pul o'tkazmasi miqdorini aytish.
Pul o‘tkazmasi bir necha soniya ichida beriladi.

Pul o‘tkazmani qanday olish mumkin

Pul o‘tkazmani olish uchun qanday hujjatlar kerak:

Xorijiy fuqarolari uchun:
  • Xorijiy fuqaroning pasporti;
  • O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tganligi haqida hujjat (QR mavjud bo‘lmasa, respublikaga kirganligini tasdiqlovchi muhr);
  • JShShIR;
  • Milliy operator tomonidan berilgan mobil raqami (+998 prefiks bilan).
“Asia Express” tizim ishtirokchisi bo‘lgan Bankda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pul o‘tkazmani olish uchun quyidagilarni amalga oshirishi zarur:
  • operatorga shaxsni tasdiqlovchi hujjatni (pasport, yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi) taqdim etish;
  • operatorga quyidagilar haqida ma’lumot berish: o‘tkazmaning nazorat raqami (8-10 raqam va lotin harflaridan iborat). Masalan: 12345678 yoki RU12345678), o'tkazma miqdori, jo'natuvchining familiyasi va otasining ismi;
  • tizimda pul o'tkazmasini topgandan so'ng va ma'lumotlar to'g'ri to'ldirilgan holda operatordan pul o'tkazmasini berish uchun ariza va pul o'tkazmasi miqdoriga sarflanadigan kassa orderlarini olish.
    1. Quyidagi holatlarda pul o‘tkazmasini berish ta’qiqlanadi:
    2. Taqdim etilgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatda ko‘rsatilgan pul o‘tkazmasini qabul qiluvchining ismi, familiyasi, otasining ismi topshirilgan ariza va “Asia Express” tizimida ko'rsatilgan ma'lumotlarga mos kelmasa;
    3. “Asia Express” tizimida pul o'tkazmasining nazorat raqami qabul qiluvchi tomonidan ko'rsatilgan raqamiga to'g'ri kelmasa.
    4. “Asia Express” tizimida pul o'tkazmasini yuboruvchining ayrim maydonlar ma'lumotlar bilan to‘ldirilmagan holda, ya'ni: yashash joyi (ro'yxatdan o'tish) yoki yashash joyi manzili;
  • Pul o‘tkazmasini oluvchining ismi, familiyasi, otasining ismi ekstremistlar ro'yxatiga, shuningdek yaroqsiz pasportlar ro'yxatiga ko‘rsatilgan ma’lumotlari bir-biriga to'g'ri kelgan holda.
Diqqat: pul o'tkazmasini qabul qilganda (olganda) komissiya undirilmaydi!

Pul o'tkazmani qaytarish

To'lanmagan pul o'tkazmasi jo'natuvchiga uning iltimosiga binoan yoki pul o'tkazmasi oluvchi tomonidan talab qilinmagan taqdirda qaytarilishi mumkin.

Pul o'tkazmasi berish shaxsan qabul qiluvchiga yoki uning vakiliga (tegishli ravishda tasdiqlangan ishonchnoma bo'yicha ishonchli shaxsga) topshiriladi yoki mobil ilova orqali jo'natuvchining hisobvarag'iga o'tkaziladi.

Buning uchun jo'natuvchi quyidagilarni bajarishi zarur:
  • pul o'tkazmani yuborilgan bank filialiga murojaat qilish;
  • operatorga shaxsini tasdiqlovchi hujjatni (pasport, yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi) taqdim etish;
  • operatorga o'tkazmani tekshirish raqami (KNP) va o'tkazma miqdori haqida ma’lumot berish;
  • tizimda pul o'tkazmasini topgandan so'ng operatordan pul o'tkazmasini qaytarish uchun ariza va pul o'tkazmasi miqdoriga sarflanadigan kassa orderlarini olish.
Diqqat: pul o'tkazmani qaytarishda qo'shimcha komissiya undirilmaydi. Shu bilan birga jo‘natuvchi tomonidan avval pul o‘tkazmani yuborilgani uchun komissiya qaytarilmaydi. “Asia Express” tizimi tomonidan yuzaga kelgan xatolar bundan mustasno.

 

Bank xizmati / xizmat ko’rsatish shartlari

Bank operatsiyalarini amalga oshirganlik uchun mijozdan undiriladigan Bank komission to’lovlari stavkasi

а)

AQSH dollari va EVROdagi pul o‘tkazmalari tarifi

"AziyaEkspress" tizimi bo‘yicha ichki pul o‘tkazmalarida - jo‘natuvchidan o‘tkazma summasining (ammo kamida 1 AQSH dollari/EVRO miqdorida) 1,5 foizi olinadi

b)

Rossiya rubli va O‘zbekiston so‘midagi pul o‘tkazmalari tarifi

"AziyaEkspress" tizimi bo‘yicha ichki pul o‘tkazmalarida - jo‘natuvchidan o‘tkazma summasining (ammo kamida 100 rubl/So‘m miqdorida) 1 foizi olinadi

c)

Pul o‘tkazish tezligi

Bir necha soniya

d)

Pul o‘tkazmasini amalga oshirish (pul jo‘natish) varianti

"AziyaEkspress" tizimi bo‘yicha ichki pul o‘tkazmalari

e)

Cheklovlar

  • Tadbirkorlik faoliyati, investitsiyalar yoki qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarga aloqador bo‘lmagan maqsadlar uchun pul o‘tkazmalari amalga oshirilishi mumkin;
  • Jo‘natuvchi quyidagilardan biri bo‘lmasligi kerak:
    • chet ellik davlat mansabdor shaxsi yoki uning yaqin qarindoshi;
    • xalqaro tashkilotlarning mansabdor shaxsi yoki uning yaqin qarindoshi;
    • Rossiya Federatsiyasida Rossiya Markaziy banki tomonidan taqdim etilgan davlat lavozimlari ro‘yxatiga muvofiq davlat lavozimini egallamasligi (davlat lavozimida band bo‘lmasligi) lozim;
  • Faqat jismoniy shaxslar mablag‘larni oluvchilar bo‘lishi mumkin.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech