Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Asia Express – «Asia-Invest Bank» AJ Rossiya banki tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi hisoblanadi. Ushbu xizmatning asosiy afzalliklari qatoriga moslashuvchanlik, qulaylik va pul o‘tkazmalarini tez olish imkoniyati kiradi. Hozirgi kunda Asia Express tizimi O‘zbekistonda, shuningdek MDHning boshqa mamlakatlarida ham keng tarqalgan.

Asia Express'ning eng muhim afzalliklaridan biri – bu qulaylik bo‘lib, tizim hisob raqamini ochmasdan pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyatini beradi, bu jarayonni naqd pul bilan bo‘linmalarda hamda naqd pulsiz bank kartasi orqali bajarish mumkin. Bundan tashqari, pul mablag‘larini qabul qiluvchi mamlakatga qarab, ularni ham AQSH dollarida, ham milliy valyutada olish imkoniyati mavjud.

Tizimning yana bir afzalligi – pul o‘tkazishning tezligi. Mablag‘lar mamlakatlar orasidagi masofadan qat’iy nazar, jo‘natilgandan so‘ng bir necha daqiqa ichida qabul qiluvchiga yetib boradi. Bu, ayniqsa, chet elda ishlaydigan va o‘z oila a’zolari hamda yaqinlariga tezda pul jo‘natishi kerak bo‘lganlar uchun juda muhim.

Ishonchlilik va shaffoflik haqida ham aytib o‘tish lozim. Barcha amaliyotlar sinalgan va ishonchli muassasalar orqali amalga oshiriladi va xalqaro xavfsizlik standartlariga mos keladi.

«Kapitalbank» ATB ham Asia Express tizimi orqali pul o‘tkazish xizmatlarini taqdim etadi. Bu xizmat tufayli Bank mijozlari Rossiyadan O‘zbekistonga va O‘zbekistondan Rossiyaga pul o‘tkazmalarini jo‘natishlari va darhol qabul qilishlari mumkin.

SAVOL-JAVOB:

Asia Express orqali pul o‘tkazmalarini jo‘natish va olish uchun qanday hujjatlar zarur?
Asia Express orqali pul o‘tkazmasini jo‘natish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etish lozim:

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi uchun: shaxsini tasdiqlovchi hujjat – pasport yoki yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi

Chet el fuqarosi uchun:
  • chet el fuqarosi pasporti
  • O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tganlik (QR kod mavjud bo‘lmasa – O‘zbekiston Respublikasiga kirganligini tasdiqlovchi muhr);
  • JSHSHIR
  • O‘zbekiston milliy mobil aloqa operatori raqami (+998).
Asia Express orqali pul o‘tkazmasini qanday amalga oshirish mumkin?
Quyida pul o‘tkazmasini amalga oshirish jarayoni batafsil tavsiflangan:
  1. Bank xodimiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat va boshqa hujjatlarni (chet el fuqarolari uchun) taqdim etish;
  2. operatorga pul o‘tkazmasi jo‘natilayotgan mamlakatni ma’lum qilish;
  3. pul o‘tkazmasini qabul qiluvchining familiyasi, ismi va otasining ismini aytish;
  4. pul o‘tkazmasini jo‘natish to‘g‘risidagi ariza va kassa kirim orderlarini imzolash;
  5. kassirga shaxsni tasdiqlovchi hujjat va boshqa hujjatlarni (chet el fuqarolari uchun) taqdim etish;
  6. imzolangan kassa kirim orderlarini topshirish;
  7. Asia Express tariflariga muvofiq kassaga o‘tkazma miqdori va komissiya miqdorini to‘lash;
  8. operatordan o‘tkazmaning nazorat raqami ko‘rsatilgan ariza blankasini olish;
  9. pul o‘tkazmasini qabul qiluvchiga uning nazorat raqami va miqdorini ma’lum qilish.
Pul o‘tkazmasi bir necha soniya ichida beriladi.

Asia Express orqali pul o‘tkazmasini qanday olish mumkin?
Quyida pul o‘tkazmasini olish jarayoni batafsil tavsiflangan:
  1. Bank xodimiga shaxsni tasdiqlovchi hujjatni (pasport yoki yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi) taqdim etish;
  2. operatorga pul o‘tkazmasining nazorat raqamini aytish, bu raqam 8-10 ta son va lotin harflaridan iborat bo‘ladi, masalan: 12345678 yoki RU12345678. Shuningdek, pul o‘tkazmasi miqdori, jo‘natuvchining familiyasi, ismi va otasining ismini aytish. Agar ma’lumotlar yetarli bo‘lmasa yoki noto‘g‘ri bo‘lsa, qabul qiluvchiga pul o‘tkazmasini berish taqiqlanadi.
  3. agar ma’lumotlar to‘g‘ri to‘ldirilgan va pul o‘tkazmasi mavjud bo‘lsa, Bank xodimi pul o‘tkazmasini olish uchun ariza va kassa chiqim orderlarini beradi.
Pul o‘tkazmasini qabul qilishda komissiya olinmaydi!

Asia Express orqali ilgari jo‘natilgan pul o‘tkazmasini qanday qaytarish mumkin?
To‘lanmagan pul o‘tkazmasi jo‘natuvchining xohishiga ko‘ra yoki oluvchi tomonidan talab qilinmagan taqdirda qaytarilishi mumkin.

Quyida pul o‘tkazmasini qaytarish jarayoni batafsil tavsiflangan:
  1. Jo‘natuvchi pul o‘tkazmasini amalga oshirgan bank bo‘linmasiga murojaat qiladi;
  2. Shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi;
  3. Operatorga pul o‘tkazmasining nazorat raqami va miqdorini ma’lum qiladi;
  4. O‘tkazma tizimda topilgandan so‘ng bank xodimidan pul o‘tkazmasini qaytarish uchun ariza va kassa chiqim orderlarini oladi;
  5. Mablag‘lar jo‘natuvchining hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Pul o‘tkazmasini qaytarishda qo‘shimcha komissiya olinmaydi. Jo‘natuvchidan pul o‘tkazmasi uchun avval undirilgan komissiya qaytarilmaydi. Asia Express tizimining aybi bilan qaytarish amalga oshirilgan holatlar bundan mustasno.

 

Bank xizmati / xizmat ko’rsatish shartlari

Bank operatsiyalarini amalga oshirganlik uchun mijozdan undiriladigan Bank komission to’lovlari stavkasi

а)

AQSH dollari va EVROdagi pul o‘tkazmalari tarifi

"AziyaEkspress" tizimi bo‘yicha ichki pul o‘tkazmalarida - jo‘natuvchidan o‘tkazma summasining (ammo kamida 1 AQSH dollari/EVRO miqdorida) 1,5 foizi olinadi

b)

Rossiya rubli va O‘zbekiston so‘midagi pul o‘tkazmalari tarifi

"AziyaEkspress" tizimi bo‘yicha ichki pul o‘tkazmalarida - jo‘natuvchidan o‘tkazma summasining (ammo kamida 100 rubl/So‘m miqdorida) 1 foizi olinadi

c)

Pul o‘tkazish tezligi

Bir necha soniya

d)

Pul o‘tkazmasini amalga oshirish (pul jo‘natish) varianti

"AziyaEkspress" tizimi bo‘yicha ichki pul o‘tkazmalari

e)

Cheklovlar

  • Tadbirkorlik faoliyati, investitsiyalar yoki qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarga aloqador bo‘lmagan maqsadlar uchun pul o‘tkazmalari amalga oshirilishi mumkin;
  • Jo‘natuvchi quyidagilardan biri bo‘lmasligi kerak:
    • chet ellik davlat mansabdor shaxsi yoki uning yaqin qarindoshi;
    • xalqaro tashkilotlarning mansabdor shaxsi yoki uning yaqin qarindoshi;
    • Rossiya Federatsiyasida Rossiya Markaziy banki tomonidan taqdim etilgan davlat lavozimlari ro‘yxatiga muvofiq davlat lavozimini egallamasligi (davlat lavozimida band bo‘lmasligi) lozim;
  • Faqat jismoniy shaxslar mablag‘larni oluvchilar bo‘lishi mumkin.

Hozircha ma’lumot yo’q
Hozircha ma’lumot yo’q
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech