Kreditlar haqida batafsil ma'lumot olish uchun qayta aloqa shaklida so'rov qoldiring
Rahmat!
Tez orada siz bilan bog'lanishadi.
Kreditlar haqida ma'lumot olish
Ta`minot talabi - Avtotransport vositalari yoki ko’chmas mulk garovi.
Kreditning maqsadi – O’zini o’zi band qilgan shaxslarning o’z ehtiyojlari uchun umumiy xususiyatga ega mikrokredit.
Ta`minot turlari:
1. Avtotransport vositalari garovi taqdim etilganda:
a. Chevrolet (Daewoo, Ravon), Kia, Skoda, Hyundai, BYD ishlab chiqaruvchilari (va/yoki brendlari ostida) tomonidan ishlab chiqarilgan, Qarz oluvchiga tegishli/rasmiylashtirilgan yengil avtotransport vositalari, shuningdek, 1 tonnagacha yuk ko’tarish qobiliyatiga ega bo’lgan ichki yonuv dvigatelli yuk avtotransport vositalarining mustaqil baholash kompaniyasi tomonidan belgilangan bozor qiymatining 80% dan ortiq bo’lmagan miqdordagi kelishilgan bazaviy garov qiymati bo’yicha garov*;
b. kreditning butun muddatiga Bank foydasiga mikrokreditning qaytarilmaslik xavfini mikrokredit summasining 120% miqdorida sug’urtalash to’g’risidagi sug’urta polisi.
* Avtotransport vositasiga talablar:
- Faqat Bankning avtotransport vositalarining garov narxlari bazasida mavjud bo’lgan avtotransport vositalarining modellari/brendlari, markalari va ishlab chiqarilgan yillariga ruxsat beriladi;
- Mikrokreditning ruxsat etilgan maksimal miqdori qarz oluvchining yashash hududiga, qarz oluvchining murojaat hududiga (o’z hududiga yoki boshqa hududga) va transport vositasining garov qiymati miqdoriga (mikrokredit miqdorining garov qiymati nisbatiga) qarab belgilanadi;
- Garov qiymati Narxlar bazasida ko’rsatilgan qiymatning 80 foizidan oshmasligi kerak;
• Avtotransport vositasi ishlab chiqarilgan yildan boshlab 5 yildan ko’p vaqt o’tmagan.
2. Ko’chmas mulk garovi taqdim etilganda:
a. Jismoniy shaxslarga tegishli/rasmiylashtirilgan ko’chmas mulk garovi, mustaqil baholash kompaniyasi tomonidan belgilangan bozor qiymatining 80% dan ortiq bo‘lmagan qiymat bo’yicha**;
b. Mikrokredit miqdori ko’chmas mulkning garov qiymatidan oshmasligi kerak;
c. kreditning butun muddati davomida mikrokredit summasining 120% miqdorida kreditni to’lay olmaslik xavfini Bank foydasiga sug’urtalash bo’yicha sug’urta polisi.
** Garov qiymati bank va mijoz o’rtasida bankning kredit siyosati talablariga muvofiq kelishiladi va bankning kredit qo’mitasi ko’chmas mulkning bozor qiymatini yuqori deb hisoblasa, mulkning garov qiymatini pasaytirish huquqiga ega. Agar bankning kredit qo’mitasi mulkni mustaqil baholash narxini yuqori deb hisoblasa, narxni pasaytirishni talab qilishi mumkin.
- Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o’zini o’zi band qilgan shaxs sifatida ro’yxatdan o’tgan O’zbekiston Respublikasining rezidenti bo’lish;
- Yosh chegarasi - kredit olish uchun ariza berilgan paytda 20 yoshdan 65 yoshgacha;
- Qarz yukiga rioya qilish - kreditlar bo’yicha oylik to’lovlar (shu jumladan, kredit arizalari va bank yoki boshqa kredit tashkilotlarida tuzilgan kredit shartnomalari) oylik daromadning 50 foizidan oshmasligi kerak.
O’zini o’zi band qilgan shaxsning daromadlari to’g’risidagi ma`lumot kamida oxirgi 6 oy uchun olingan bo’lishi kerak; - Bankning kredit siyosatiga muvofiq salbiy kredit tarixi, Respublika Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (MIB) ma`lumotlar bazasida qarzdorlikning mavjud emasligi.
- O’zini o’zi band qilgan shaxs sifatida ro’yxatdan o’tganlik guvohnomasi
- Yosh chegarasi - kredit olish uchun ariza berilgan paytda 20 yoshdan 65 yoshgacha;
- Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID, yashash guvohnomasi)
Mahsulot talablariga mos keladigan ta`minot hujjatlari
