Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Kreditlar haqida batafsil ma'lumot olish uchun qayta aloqa shaklida so'rov qoldiring


Kreditingizni hisoblang

Hisob-kitob

Oylik to'lov :
... so'm
Kreditni to'lash haqida ma'lumot

Kreditning maqsadi:
Quyosh fotoelektr va shamol elektr stansiyalari, quvvati 1 MVt gacha bo‘lgan mikro- va kichik gidroelektr stansiyalar, biogaz ishlab chiqarish uskunalari, biogaz qurilmalari, quyosh suv isitgichlari va issiqlik nasoslarini xarid qilish, yetkazib berish, o‘rnatish va montaj qilish, shuningdek tegishli sertifikatlarga ega bo‘lgan qurilish izolyatsiya materiallari, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar va qozonlarni xarid qilish uchun iste’mol krediti

Ta’minlash turi
1. BHM (Bazaviy hisoblash miqdori) dan 50 baravar ko'p bo'lmagan miqdordagi kredit bo‘yicha – kredit bo‘yicha to'lovlarni amalga oshirmaslik xavfini sug'urtalash polisi.
2. BHM dan 50 baravar ortiq miqdorda olingan kredit bo‘yicha quyidagi ta’minlash turlaridan biri qabul qilinadi:

  • Pul mablag'lari garovi;
  • Avtotransport vositasi garovi, foydalanish muddati chiqarilgan yildan boshlab 3 yildan ortiq bo'lmagan;
  • Ko'chmas mulk garovi.

Kredit oluvchi garov sifatida taqdim etilgan ko'chmas mulkni/avtotransport vositasini kredit shartnomasining butun muddatiga sug'urtalashi majburiydir.

Kredit oluvchi uchun eslatma

Qanday daromad bo'lishi kerak?
Oylik to'lov daromadning 50% dan oshmasligi kerak. Agar daromadingiz yetarli bo'lmasa, siz bilan birgalikda kredit oluvchilarni rasmiylashtirishingiz mumkin.

Kredit olish uchun arizani ko'rib chiqish muddati necha kun?
Kredit berish yoki rad etish to'g'risida ko'rib chiqish va javob berish bir necha ish kuni ichida amalga oshiriladi.

Kredit qanday tarzda qaytariladi?
Qaytarish har oyda amalga oshiriladi, imtiyozli davr 6 oygacha.

Muhim! Kredit olish uchun siz ish bilan ta'minlangan va stabil daromadga ega bo'lishingiz kerak. Daromadlar to'g'risidagi hisobotni ish joyingizdagi buxgalteriya bo'limidan olish mumkin yoki bank sizning daromadingiz haqidagi ma'lumotlarni integratsiyalashgan manbalardan mustaqil ravishda olishi mumkin.

Kredit shartnomasi Ekokredit
Hajmi: 573.10 КБ
Format: pdf
Maʼlumot varaqasi
Hajmi: 196.03 КБ
Format: pdf

  • O'zbekiston Respublikasi rezidenti bo'lish
  • Salbiy kredit tarixining yo'qligi
  • Daromadning yetarliligi (qarzdorlik yuklamasi 50% dan oshmasligi kerak)
  • So'nggi olti oy davomida doimiy daromad manbaiga ega bo'lish. Daromadlari yetarli bo'lmagan taqdirda qo`chimcha qarz oluvchilarga ruxsat etiladi
  • pasportning asl nusxasi;
  • tegishli shartnoma;
  • doimiy daromadning mavjudligi;
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech