Kapital Premiumdan Visa Infinite metall kartasi noyob dizaynda yaratilgan bo'lib, Kapitalbankning premial mijozlarining yuqori maqomini yorqin ifodalaydi.
Kapital Premium xizmatlar paketiga nimalar kiradi?
Premium bank xizmatlari — bu sizning moliyaviy va nomoliyaviy imtiyozlaringiz kaliti. Kapital Premium noyob premium xizmatlar dasturi individual yondashuv, qulaylik va professional bank xizmatlarining eksklyuziv darajasini qadrlaydiganlar uchun yaratilgan.
Har bir premium mijozga shaxsiy menejer tayinlanadi. Siz individual maslahatlar, topshiriqlarning optimal va tezkor hal qilinishi, shuningdek bank va hamkorlardan eng foydali takliflardan foydalanasiz. Biz har doim premium mijozlarimizni Kapital Premiumning alohida ajratilgan ofisida kutib qolamiz. Navbatlar va ortiqcha ovoragarchiliklarsiz, chinakam qulay muhitda siz moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda professional maslahat va yordam olasiz. Bankning mobil ilovasidagi bir martalik bepul topshiriqnomalar tufayli bizning premium mijozlarimiz ham masofaviy bank xizmatlaridan doimo foydalanish imkoniyatiga ega!
Kapital Premium mijozlari Visa va Mastercard premium metal kartalarining barcha imtiyozlaridan foydalanishlari, shuningdek, Bankning maxsus tadbirlari va aksiyalarida ishtirok etishlari mumkin.
Batafsil ma'lumot olish va chinakam premium darajadagi xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lgan mijozlarning imtiyozli klubiga a'zo bo'lish uchun Kapital Premiumning +99878-888-58-88 raqamiga ga qo'ng'iroq qiling!
Kapital Premium xizmatlar paketining narxi qancha?
Mijozning barcha hisobraqamlaridagi oylik o‘rtacha qoldiqlar kamida 200 000 AQSH dollarini tashkil etsa—bepul (qoldiqlar oyning oxirgi ish kunida milliy valyutadagi ekvivalentda hisoblanadi).
Mijozning barcha hisobraqamlari bo‘yicha oylik o‘rtacha qoldiqlar 200 000 AQSH dollaridan kam bo‘lsa, oyiga 5 000 000 so‘m (qoldiqlar oyning oxirgi ish kunida milliy valyutadagi ekvivalentida hisoblanadi).
* Karta Kapital Premium xizmatlar paketining bir qismi sifatida chiqariladi
To’lov tizimi:
Visa
Valyuta:
AQSh dollari
Chiqarish:
Bepul*
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida naqd pul yechib olish:
1% + ekvair bank tarifi
Tovarlar va xizmatlar to'lovi:
Komissiya undirilmaydi
Kartaga xizmat ko’rsatish:
Komissiya undirilmaydi
Oxirgi tahrirlangan sana: 02.12.2024