Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Karta chiqarish va xizmat ko’rsatish: Bepul
“Kapitalbank” ATB kassasida naqd pul yechib olish: 0%
Tovarlar va xizmatlar to'lovi: 0%
Oxirgi tahrirlangan sana: 16.04.2025
Bank bankomatidan naqd pul mablag‘larini yechib olish - milliy valyutada

Mastercard to‘lov tizimining eng qulay va ommabop kartasi.
Talabalardan tortib nafaqagacha bo‘lgan barcha foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan — kundalik xarajatlar uchun ideal tanlov, minimal komissiya xarajatlari bilan.


Xizmat nomi

Komission mukofot stavkasi

1 Kartani chiqarish (Bank bo'linmasida)

Asosiy Bepul

Qo'shimcha QQSni hisobga olganda 50 000 UZS
2 Kartani qayta chiqarish:

Bank tashabbusi bilan (mijoz kartaning amal qilish muddati tugashidan bir oy oldin va bir oy keyin murojaat qilganda) Bepul

Mijozning tashabbusi bilan (yo'qotish, o'g'irlik, shikastlanish va boshqalar) QQSni hisobga olganda 50 000 UZS
3 Mobil ilova orqali kartaga buyurtma berish va uni kuryer orqali yetkazib berish (O'zb hududida/RFda) Kartalarni yetkazib berish uchun tariflar
4 Kamaymaydigan qoldiq hajmi 0 UZS
5 Bank kartasiga oylik xizmat ko'rsatish Bepul

Xizmat ko'rsatish komissiyasi (5-band) quyidagi shartlardan biri bajarilganda undirilmaydi:

barcha hisobvaraqlar/omonatlar bo'yicha o'rtacha oylik qoldiq kamida (ekvivalent)

tovarlar va/yoki xizmatlar uchun oylik to'lov miqdori kamida (ekvivalent)
6 Tovarlar va xizmatlar uchun to'lov 0%
7 Naqd pul mablag'larini yechib olish

bank kassasida 0%

bank bankomatida -

O'zR uchinchi tomon bankining kassasida va bankomatida 1%

xorij bankining kassasida va bankomatida 2%
8 Bank va MBX bankomatlari tarmog'idagi mini-ko'chirma Bepul
9 Talabnoma va davr uchun aylanmalar bo'yicha ko'chirmalarni joyiga taqdim etish uchun maxsus blankada ma'lumotlar berish QQSni hisobga olganda 50 000 UZS
  • Bepul chiqarish va xizmat ko‘rsatish
  • Karta so‘m, AQSh dollari yoki yevroda – Karta Egasining tanloviga binoan chiqariladi
  • Naqd pul mablag‘larini yechish va to‘ldirish – BEPUL, Kapitalbank bankomatlarining keng tarmog‘ida
  • Karta tez aktivatsiya qilinadi

Yangi norezident mijoz uchun talablar

Yangi mijozni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun zarur hujjatlar:
  • Chet el pasporti
  • O‘zR hududida ro‘yxatdan o‘tganligi (agar QR-kodsiz bo‘lsa – O‘zRga kirganlik muhrining nusxasi)
  • JShShIR
  • O‘zbekiston milliy mobil operatori raqami (+998)
  • Norezident mijoz uchun qo‘lda to‘ldirilgan anketa
Yangi norezident mijozni ro‘yxatdan o‘tkazish rad etiladi, agar:
  • pasportdagi ma’lumotlar va ro‘yxatdan o‘tishdagi ma’lumotlar o‘zaro mos kelmasa,
  • ro‘yxat QR-kodsiz berilgan bo‘lib, pasportda davlat chegarasini kesib o‘tganlik to‘g‘risida muhr mavjud bo‘lmasa,
  • JShShIR taqdim etilmagan bo‘lsa
Kartalarni ochish uchun zarur hujjatlar:
  • O‘zR rezidentlari: fuqaroning ichki pasporti, ro‘yxatdan o‘tganligi
  • O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari: xorijga chiqish pasporti, ro‘yxatdan o‘tganligi, JSHSHIR, O‘zR prefiksi bilan telefon raqami.

Savol-javoblar

1.
Kartani qanday rasmiylashtirish mumkin?
Yangilandi 16 July 2025 г. 18:59
Kartani mobil ilovaning bir martalik topshirig‘i orqali, shuningdek, Bank bo‘limlarida rasmiylashtirish mumkin.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?
2.
Kartani rasmiylashtirish uchun qanday hujjatlar kerak?
Yangilandi 27 June 2025 г. 16:51
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga karta ochish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
  1. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (biometrik pasport, ID-karta yoki yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi)
  2. Mahalliy aloqa operatorining telefon raqami
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlariga karta ochish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
  • Xorijiy pasport
  • O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tganlik (agar QR-kod bo‘lmasa, O‘zbekistonga kirish muhri)
  • JSHSHIR 
  • O‘zbekiston milliy aloqa operatorining mobil raqami (+998)
  • Norezident mijoz tomonidan qo‘lda to‘ldirilgan anketa
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?
3.
Kartaning amal qilish muddati qancha?
Yangilandi 27 June 2025 г. 16:54
Kartaning amal qilish muddati 5 yil. Kartalarning amal qilish muddati kartaning o‘zida ko‘rsatilgan.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?
4.
Xalqaro sayohatlar yoki xaridlar uchun qanday kartani tanlash maqsadga muvofiq?
Yangilandi 27 June 2025 г. 16:52
Xalqaro sayohatlar yoki xaridlar uchun Visa yoki MasterCard kartalari eng maqbul tanlov hisoblanadi, chunki ular deyarli hamma joyda qabul qilinadi. Bu kartalar xorijiy valyutadagi mablag‘lardan foydalanish imkonini beradi va chet eldagi bankomatlarda naqd pul yechib olishga imkon yaratadi.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?
5.
Amal qilish muddati tugamasdan oldin kartani qayta chiqarish mumkinmi?
Yangilandi 27 June 2025 г. 16:54
Ha, kartani amal qilish muddati tugashidan bir oy oldin, shu oyning o‘zida va bir oydan keyin bepul ravishda qayta chiqarish mumkin.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?
6.
Bola uchun karta ochsa bo‘ladimi?
Yangilandi 27 June 2025 г. 16:53
Ha, 14 yoshdan boshlab bolalar uchun karta rasmiylashtirish mumkin, 14 yoshdan kichik bolalar uchun esa ota-onalar yoki vasiylarning roziligi talab qilinadi.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?
7.
Karta o‘g‘irlangan yoki yo‘qolgan taqdirda nima qilish kerak?
Yangilandi 27 June 2025 г. 16:53
Karta yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan holatda, iloji boricha tezroq 1340 raqamli ishonch telefoni orqali bank bilan bog‘lanish, kartadan ruxsatsiz foydalanishning oldini olish uchun uni «Kapitalbank» ATB mobil ilovasi yordamida yoki eng yaqin filialga tashrif buyurish orqali bloklash zarur.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?
8.
Kartani qanday himoya qilish mumkin?
Yangilandi 27 June 2025 г. 16:55
Kartani begonalarga bermang, PIN-kodni ma`lum qilmang va uni karta bilan birga saqlamang. Kartani qarovsiz qoldirmang va karta ma’lumotlarini telefon orqali hech kimga aytmang.
... Javobni foydali deb hisoblashmoqda
Javob Siz uchun foydali bo’ldimi?

Mobil ilovani yuklash

Kapitalbank mobil ilovasini yuklab oling va kartani yetkazib berish orqali buyurtma qiling

Kartani bank filiallarida ham rasmiylashtirish mumkin

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech