Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

“Kapitalbank” ATB “Kapitalbank” mobil ilovasining maxfiylik siyosati

“Kapitalbank” mobil ilovasining (keyingi o‘rinlarda Ilova deb yuritiladi) ushbu Maxfiylik siyosati (keyingi o‘rinlarda “Siyosat”) “Kapitalbank” aksiyadorlik-tijorat banki (keyingi o‘rinlarda Bank deb yuritiladi) foydalanuvchining qurilmasidan, u ilovadan foydalanayotgan vaqtda olishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarga nisbatan qo‘llaniladi.

Ilovadan foydalanayotganda foydalanuvchi ushbu Siyosatga va unda ko'rsatilgan foydalanuvchi qurilmasidan olinadigan ma'lumotlarni qayta ishlash shartlariga so'zsiz roziligini bildiradi. Siyosatga rozi bo‘lmasa, foydalanuvchi Ilovadan foydalanishdan bosh tortishi kerak.

Ilova va uning doirasidagi xizmatlar, foydalanuvchiga Bank bilan tuzilgan shartnoma va kelishuvlar asosida taqdim etiladi, shu jumladan ular qatorida Bank tomonidan foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlarini qayta ishlash va saqlash boʻyicha barcha masalalarni boshqarish ham.

Ushbu Siyosat faqat Ilova uchun amal qiladi. Bank foydalanuvchi tomonidan uchinchi shaxsga berilgan ma'lumotni (uning berilishi oqibatlarini) nazorat qilmaydi va javobgar bo'lmaydi, agar bunday berilish foydalanuvchi Ilovadagi havolalar orqali kirishi mumkin bo'lgan uchinchi shaxs resursida amalga oshirilgan bo'lsa.

Bank ushbu Siyosatga o‘zgartirishlar, Siyosatning yangi tahririni Bank veb-saytida va/yoki Ilovada joylashtirish orqali, kiritishga haqli. Foydalanuvchi zimmasiga Siyosatning joriy tahriri bilan mustaqil ravishda tanishish javobgarligi tushadi.

1. Ilovadan foydalanganda foydalanuvchi qurilmasidan olinishi mumkin bo'lgan ma'lumotlar tarkibi va uni olish maqsadi (keyingi o'rinlarda Foydalanuvchi ma'lumotlari deb yuritiladi):

1.1. Foydalanuvchi qurilmasining joylashuvi haqidagi ma'lumot (uyali aloqa operatori tarmog'i va GPS signallari ma'lumotlari asosida).
Maqsad: Ilovadan foydalanganda foydalanuvchini Bank filiallari va Bankning oʻziga xizmat koʻrsatish qurilmalari joylashganligi, shuningdek, foydalanuvchiga va uning joylashgan joyiga qarab qoʻshimcha xizmatlar toʻgʻrisida xabardor qilish.

1.2. Qurilma kamerasi yordamida olingan fotosuratlar.
Maqsad: Ilovada tarqatiladigan xizmatlarning doirasida fototasuratlarni olish va ulardan foydalanish, shu jumladan toʻlov hujjatlari va shtrix-kodlarni tanib olish maqsadida ularning fotosuratlarini olish va Ilovada pul oʻtkazmalari operatsiyalarini amalga oshirishda foydalanish.

1.3. Operatsion tizim versiyasi va qurilma modeli haqida ma'lumot.
Maqsad: Ilovaning ishlashidagi mumkin bo'lgan xatolarni tahlil qilish va Ilovaning ishlashini yaxshilash. Tahlil qilish maqsadida Bank operatsion tizim va qurilma modeli haqidagi maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga qiyofasini yo‘qotgan shaklda oʻtkazishi mumkin.

1.4. Foydalanuvchining IP manzili va ulanish nuqtasi manzili haqida ma'lumot.
Maqsad: Ilovadan foydalanish va moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda foydalanuvchi xavfsizligini oshirish.

1.5. Foydalanuvchi qurilmasidagi SMS xabarlar haqida ma'lumot.
Maqsad: Bankdan yuborilgan SMS xabarlarni Ilovada saqlash va ulardan foydalanish.

2. Foydalanuvchi ma'lumotlarini qayta ishlash shartlari

2.1. Ushbu Siyosatga muvofiq, Bank faqat ushbu ma'lumotlarni va faqat 1-bandda ko'rsatilgan maqsadlar uchun qayta ishlaydi.

2.2. Bank foydalanuvchi ma'lumotlariga uchinchi shaxslar tomonidan ruxsatsiz kirish, foydalanish, nusxa ko'chirish va tarqatishdan himoya qilish uchun Bank nazorati doirasida barcha tashkiliy va texnik choralarni ko'radi.

2.3. Ushbu Siyosatda belgilangan maqsadlarda Bank foydalanuvchi ma’lumotlarini qayta ishlashga, bank tegishli maxfiylik shartnomalarini tuzgan hamkorlarni jalb qilishi mumkin. Bank tomonidan, Ilova faoliyatini yaxshilash maqsadida, Ilovadan foydalanish bo'yicha qiyofasi yoqotilgan ma'lumotlarni hamkorlarga topshirish, hamkorlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.

2.4. Foydalanuvchi ma'lumotlari Bank va uning hamkorlari resurslarida Bank va foydalanuvchi o'rtasidagi Ilova bo'yicha shartnoma munosabatlari muddati davomida saqlanishi mumkin.

2.5. Foydalanuvchi ma'lumotlari amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq davlat organlariga taqdim etilishi mumkin.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech