Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Karta turi: Debet kartasi
Chiqarish: 55 000 UZS
“Kapitalbank” ATB kassa yoki bankomatlarida naqd pul yechib olish: 0%****
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida naqd pul yechib olish: 2% + ekvair bank tari
Tovarlar va xizmatlar to'lovi: 0%
Kartaga xizmat ko’rsatish: Bepul
Oxirgi tahrirlangan sana: 07.10.2024

**** Chet elda naqd pul olish operatsiya vaqtida barcha bankomatlarda kursi bo'yicha amalga oshiriladi

Visa Gold - banklarning eng sodiq va boy mijozlari foydalanadigan och binafsharang karta. Visa Gold bunday karta egasiga oliy darajadagi xizmat ko’rsatish va e’tiborni anglatadi. Ko’pgina do’konlar va restoranlar Visa Gold egalari uchun imtiyoz dasturlarida bajonidil ishtirok etadilar. Visa Gold kartasi Sizga nafaqat har qanday tovar va xizmatlar uchun to’lov qilishning ajoyib imkoniyatini, balki hayotingizni osonroq va yorqinroq qiladigan bir qator muhim imtiyozlarni ham taqdim etadi. "Kapitalbank" ATBda Siz Visa Gold debet kartasini ochishingiz mumkin.

Bugungi kunda plastik karta - bu qulay va yuqori texnologiyali axborot tashish vositasidir. Zamonaviy dunyoda plastik kartalar deyarli hamma joyda ishlatila boshlandi. Xarid vaqtida sizga kerakli summani o’zi beradigan hamyonni tasavvur qiling, Sizdan boshqa hech kim undan foydalana olmaydi... va eng muhimi, hamyoningizni yo’qotganingizda bu juda asqotadi. Sizning pullaringiz o’zingiz bilan qoladi. Bunday bo’lishi mumkin emas, deb o’ylaysizmi? Biz boshqacha fikrdamiz. "Kapitalbank" ATB Sizga qulay va xavfsiz yechim – plastik kartalarni taklif qiladi.

"Kapitalbank" ATB Sizga Visa kartalari va ulardan kundalik foydalanishga doir foydali ma’lumotlar bilan tanishishni taklif qiladi

 

Bank xizmati/ xizmat ko‘rsatish sharti

Mijozga Bank tomonidan bajarilgan operatsiya uchun undiriladigan Bankning komission mukofotlash stavkasi

Izoh

a) Bank bo'linmasida olish sharti bilan plastik kartani chiqarish 55 000 so’m
5 USD*
5 EUR*

b)

Dastlabki talabnoma orqali yetkazib berish bilan, mobil ilova orqali buyurtma berilganda 10 AQSh dollari Karta manfiy balans bilan chiqariladi (kartani chiqarish va yetkazib berish uchun komissiya)
c) Kartaning amal qilish muddati 5 yil
d) Kartaning amal qilish muddati tugaganligi sababli kartani qayta chiqarish Bepul Mijoz tomonidan kartaning amal qilish muddati tugashidan bir oy oldin va keyin murojaat qilinganida


55 000 so’m
5 USD*
5 EUR*
Boshqa hollarda
e) Asosiy yoki qo'shimcha kartani muddatidan oldin qayta chiqarish 55 000 so’m
5 USD*
5 EUR*
Bundan mustasno:
“Kapital Premium”, “Kapital Privilege” paketi doirasida komissiya olinmaydi
f) Kartani quyidagi sabablarga ko'ra qayta chiqarish:


- Yo'qolishi 55 000 so’m

- Shikastlanishi
5 USD*


- Karta egasining ismi o'zgarishi PIN kodni o'zgartirish 5 EUR*

- PIN kodni o'zgartirish

g) kartada foydalanish uchun mavjud bo'lmagan karta hisobidagi minimal qoldiq Mavjud emas Karta valyutasi tranzaksiya valyutasidan farq qilgan hollarda, tranzaksiya summasining 1% miqdorida vaqtinchalik blokirovka qilinadi.


10 AQSh dollari "Kapitalbank" mobil ilovasi orqali buyurtma berishda
h) Karta hisobiga minimal dastlabki to’lov Mavjud emas Foydalanish uchun mavjud bo'lgan summa kamaymas qoldiqni hisobga olgan holda hisoblab chiqiladi.
i) Karta hisobiga xizmat ko’rsatish Undirilmaydi
j) “Kapitalbank” ATB kassir/terminali orqali “Kapitalbank” ATB Visa kartalaridan naqd pul mablag‘larini olish bo‘yicha tranzaksiyalarni qayta ishlash. operatsiya summasidan 0%
k) “Kapitalbank” ATB kartalaridan boshqa banklarda naqd pul mablag‘larini olish bo‘yicha tranzaksiyalarni qayta ishlash. 2% Bankomatni o'rnatgan bankning tariflariga muvofiq, egasining kartasidan komissiya undiriladi
l) “Kapitalbank” ATB xizmat ko‘rsatish tarmog‘idan tashqarida tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlar bo‘yicha tranzaksiyalarni qayta ishlash Komissiya undirilmaydi

MSS 6051 boʻyicha “Kapitalbank” ATB kartalari orqali toʻlov amalga oshirilganda 1%
m) Hisob va operatsiyalar bo'yicha tekshiruv qismida bank kartasi hisobini yuritish Komissiya undirilmaydi
n) "O'g'irlangan yoki yo'qolgan" belgisi bilan kartani bloklash uchun komissiya to'lovi Komissiya undirilmaydi
o) 3D Secure xizmatini ulash va xizmat ko'rsatish Komissiya undirilmaydi 3D Secure xizmatiga ulanish faqat mijoz SMS-xabarnoma xizmatiga ulangan bo'lsa taqdim etiladi

Visa kartasi Sizning pullaringiz turadigan hisob kartangizdan foydalanish uchun kalit hisoblanadi. Quyidagi asosiy ehtiyotkorlik choralariga amal qilsangiz, o‘z hisobingizdagi mablag‘larni ruxsatsiz echib olinish xatarini pasaytirishingiz mumkin.

  • Sizning kartochkangizdan boshqa shaxs foydalana olmasligi uchun, PIN-kod va kartani alohida-alohida saqlang, Pin-kodni kartochkaga yozib qo‘ymang, Pin-kodni boshqa shaxslarga aytmang. Pin-kodni elektron terminal yoki bankomatda terganingizda, kiritilayotgan raqamlar atrofdagilarga ko‘rinmaydigan qilib bajaring.

  • Karta hisobi bo‘yicha operatsiyalarni vaqti-vaqti bilan tekshirib turing – buni bankdan olingan ko‘chirmalar bo‘yicha, yoki bepul SMS xabar xizmatidan foydalangan holda 2212 qisqa raqamiga tegishli SMS xabar yuborgan holda bajarish mumkin. Shubhali yoki noma’lum tranzaksiyalar aniqlangan hollarda, bu haqida zudlik bilan bankni xabardor qilib qo‘ying. SMS xabar berish buyruqlari bilan shu erda tanishishingiz mumkin -> YO‘RIQNOMA

  • Kartochkani yo‘qotib (o‘g‘irlatib, oldirib) qo‘ygan bo‘lsangiz, yoki PIN/kod yoki kartochka rekvizit ma’lumotlari uchinchi shaxslarga ma’lum bo‘lib qolgan taqdirda, SMS xabar xizmatidan foydalangan holda, 2212 qisqa raqamiga SMS xabari yuborib, kartani STOP listga qo‘yib qo‘ying, shuningdek zudlik bilan «Kapitalbank» AKB bilan bog‘lanib, og‘zaki yoki yozma shaklda kartangiz yo‘qolganligi haqida xabar bering.

  • Kartochkangiz bilan tovlamachilik hodisalari sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, uni o‘z diqqat markazingizdan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymasdan, operatsiyalarni faqat o‘zingizning ishtirokingizda o‘tkazilishini talab qiling.

  • Bankomatda naqd pul mablag‘lari olganingizda, bankomat yaxshi yoritiladigan joyga yoki bankning maxsus xonasiga o‘rnatilganligiga ishonch hosil qiling, operatsiyalarni odamlar bo‘lmagan joylarga o‘rnatilgan bankomatalarda bajarmang. Karta ma’lumotlarini hisoblash moslamalarini o‘rnatish uchun namunalar.


  • Ariza
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi
  • Bank va jismoniy shaxs oʻrtasidagi shartnoma
Plastik karta boʻlimlarida operatsion kunlar:
  • VISA kartalarini ochish - 16:00 gacha;
  • Boshqa operatsiyalar - 17:00 gacha.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech